French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Mask Twitterda ish o‘rinlarining yarmini qisqartirmoqchi
11:25 / 2022-11-03

Twitter tarmog‘ining yangi xo‘jayini Ilon Mask kompaniyada taxminan 3,7 mingta o‘rinni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Tadbirkor kompaniyani sotib olgandan keyin shu yo‘l bilan xarajatlarni kamaytirmoqchi, deb yozmoqda Blumberg agentligi.

"Ilon Mask xarajatlarni kamaytirish uchun Twitter Inc.  ijtimoiy mediakompaniyaning taxminan 3700 ta ish o‘rnini qisqartirmoqchi", – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.  

Avvalroq Mask mazkur ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olgani haqida ma’lum qilingan edi. OAVning tarqatgan xabarlarida Twitterga rahbarlik qilib kelgan  Parag Agraval kompaniyaning boshqa rahbarlari bilan birga ishdan bo‘shatilgani aytilgandi.  

Amerikaning Twitter Inc. kompaniyasi  2006 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy mahsuloti qisqa axborotlarni almashadigan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahrida joylashgan.