OAV MAGATE ekspertlari Kiyevga yetib kelganini yozishmoqda
Zaporoje AESiga yo‘l olgan 14 kishidan iborat MAGATE ekspertlari Kiyevga yetib keldi, deyiladi xabarda.
Zaporoje AESi Dnepr daryosining so‘l sohilida Energodar shahriga yaqin joyda qurilgan. AES energobloklar soni va quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik ob’ekt hisoblanadi. Mart oyidan buyon Zaporoje AESi Rossiya harbiylari nazoratida turibdi. Xalqaro hamjamiyat mazkur ob’ekt atrofida harbiy harakatlar to‘xtamayotganidan qattiq xavotir bildirmoqda.