Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Kim Chen Inning akasi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga ma’lumot yetkazib turgan
10:39 / 2019-06-11

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning 2017 yil Malayziya aeroportida o‘ldirilgan o‘gay akasi Kim Chen Nam AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga (MRB) ma’lumot yetkazib turgan.


Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning 2017 yil Malayziya aeroportida o‘ldirilgan o‘gay akasi Kim Chen Nam AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga (MRB) ma’lumot yetkazib turgan. 

Bu haqda “Wall Street Journal” o‘z manbasiga asoslanib yozadi. 

“Amerika Markaziy razvedka boshqarmasining janob Kim bilan aloqasi bo‘lgan”, deyilgan manbadan keltirilgan iqtibosda. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Kim Chen Nam MRB vakillari bilan uchrashish maqsadida Malayziyaga keladi. Shuningdek, Kim bir necha kunni Langkavi kurort orolida o‘tkazib, u yerda kelib chiqishi koreys-amerikalik bo‘lgan shaxs bilan uchrashadi. Ushbu uchrashuv haqida politsiya Kim Chen Namni o‘ldirishda ayblangan ayol sudida ma’lum qilgan bo‘lgan. 

AQShning qator sobiq amaldorlari ham “Xitoy anklavi Makaoda yashagan janob Kim boshqa mamlakatlar, ayniqsa XXR xavfsizlik xizmati bilan aloqada bo‘lganligi ehtimoli borligini” bildirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Kim Chen Nam 2017 yil 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida vafot etgan. Politsiya marhum terisida kimyoviy qurol bo‘yicha xalqaro konvensiya bilan taqiqlangan asabni falajlovchi VX moddasi izlarini aniqlagan.