OAV: Indoneziyada qayiqda yuz bergan yong‘in qurbonlari 14 kishiga yetdi
Indoneziyada tezsuzar qayiqda ro‘y bergan yong‘in qurbonlari 14 kishiga yetdi, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar tarqatdi Indoneziyaning Kupang shahri qidiruv-qutqaruv boshqarmasi.
"Ayni damda kemadagi qurbonlar soni 14 kishiga yetdi, yetti kishining jasadi Kupang shahriga olib kelindi", – degan qidiruv-qutqaruv boshqarmasi rahbari Putu Sudayana ANTARA axborot agentligiga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qidiruv ishlari davom ettiriladi, chunki hozir ham kema dengiz o‘rtasida yonmoqda, alanga kema korpusini kulga aylantirmoqda".
Kupang shahridan Alor oroliga o‘nlab odamlarni tashiyotgan tezsuzar qayiq dengiz o‘rtasida to‘satdan yonib ketgan.
ANTARA agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, qurbonlar orasida bir go‘dak ham bo‘lgan.