Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV HAMKORLIGI: Axborot almashinuv tizimi oʻzaro ishonchga asoslanishi kerak
01:01 / 2020-06-23

Uchrashuvda ishtirok etgan ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq vazirliklari, tashkilotlar matbuot kotiblari fikr-mulohazalarini bildirdi.


Oʻzbekistondagi ochiq muloqotlar maydoni gʻoyat yangi fikrlashni, voqea-hodisalarga yondashuvni oʻzgartirishni talab qilmoqda. Shu maʼnoda mamlakatdagi barcha vazirlik va idoralarda yangicha tartibga asos solindi, yaʼni OAV bilan ishlash mexanizmi joriy etildi.

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligida (OʻzA) bir qator davlat tashkilotlari matbuot kotiblari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda bu boradagi ishlarni hamkorlikda takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

OʻzA Bosh direktori A.Koʻchimov mamlakatdagi soʻz erkinligi, xalqimiz dardu tashvishini bayon qilishda jurnalistlar, xususan, tashkilotlar matbuot kotiblarining bosh gʻoyasi haqida gapirdi.

– Maqsadimiz bir, – dedi A.Koʻchimov. – Mamlakat, xalq taraqqiyotiga hissa qoʻshish. Bu sizu bizning saʼy-harakatlarimizga, hamjihatlikda ishlashimizga bogʻliq. Shu maʼnoda bugun sizning takliflaringizni, mulohazalaringizni eshityapmiz. OʻzA jamoasi shu tamoyillar asosida ishlash tarafdori va biz takliflarni qoʻllab-quvvatlashga doim tayyormiz.

Uchrashuvda ishtirok etgan ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq vazirliklari, tashkilotlar matbuot kotiblari fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ularda qayd etilganidek, avvalo, vazirlik va idoralar tizimida rejali ishlash tizimiga asos solish kerak. Bunda asosiy eʼtibor oʻzaro ishonch va matbuot kotiblari bilan muxbirlar oʻrtasidagi axborot almashinuv tizimiga bogʻliqdir. Shuningdek, maʼlumotlar almashinuvida ortiqcha qogʻozbozlikni yoʻqotish yaxshi samara beradi.

Bu kabi uchrashuvlarni anʼanaviy davom ettirishga kelishib olindi.