Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Germaniya “Shimoliy oqim” portlatilgan, deb hisoblayapti
11:24 / 2022-09-30

Germaniya xavfsizlik organlari “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz tarmog‘ining quvurlari portlatilgan, deb gumon qilmoqda. Quvurlar kuchli portlovchi qurilmadan zarar ko‘rgan. Bu haqda Spiegel jurnali o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.

"Germaniya xavfsizlik organlarining ishonch bilan ta’kidlashicha, Boltiq dengizidagi “Shimoliy oqim” gaz tarmog‘ini portlatish uchun yuqori samarali portlovchi qurilma kerak bo‘lgan", – deb yozmoqda junal.  

Jurnal manbalarida ta’kidlanishicha, gaz tarmog‘iga ziyon keltirish uchun zarba kuchi 500 kilogramm trotilga teng portlovchi qurilmadan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Aniqlik kiritilishicha, bunday baho berishda turli o‘lchov stansiyalar tomonidan qayd qilingan seysmik signallar hisobga olingan.   

Shu bois, ushbu harakat ortida faqat davlat sub’ektlari turgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar ilgari surilmoqda.   
Nashrning yozishicha, quvur tarmog‘ini tiklash endi mumkin emas. Chunki teshilgan quvur dengiz suvi bilan to‘lgan. Maxsus ichki qoplama tez orada zanglaydi, natijada suvga to‘lgan quvur tarmog‘i orqali bundan buyon gaz yetkazib berish mushkul, deya qo‘shimcha qilgan mazkur nashr.