Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Fransiya o‘z qo‘shinlarining bir qismini Nigerdan olib chiqib ketish bo‘yicha muzokaralarni boshladi
13:11 / 2023-09-06

Fransiya hukumati Niger harbiylari bilan o‘z qo‘shinlarining bir qismini mamlakatdan olib chiqib ketish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Le Monde o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, gap Fransiya harbiy kontingentining bir qismini mamlakatdan olib chiqib ketish haqida ketmoqda. Nigerdagi fransuz harbiylarining umumiy soni 1500 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, manbalar Fransiya va Niger terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi.

Biroq gazeta fransuz qo‘shinlarini Nigerdan olib chiqish aynan qachon boshlanishi va birinchi bosqichda qancha askar mamlakatni tark etishiga aniqlik kiritmagan.

 

O‘zA