Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Fransiya harbiylari bir oy ichida Burkina-Fasoni tark etadi
14:22 / 2023-01-26

Fransiya harbiylari o‘tgan seshanba kuni Burkina-Faso hukumatidan rasman talabnoma olgandan keyin mamlakat hududini bir oy ichida tark etadi, deb xabar tarqatdi Frans Press agentligi.

"Seshanba kuni biz Burkina-Faso hukumati bilan fransuz harbiylarining mamlakat hududidagi maqomi bo‘yicha 2018 yilda imzolangan bitim bekor qilinishi to‘g‘risida rasman ogohlantirildik. Bitim shartiga ko‘ra,  ushbu kelishuvning bekor bo‘lishi biz rasman yozma ravishda xabardor qilingan kundan bir oy o‘tgach kuchga kiradi. Biz shartnoma shartlariga amal qilamiz va ushbu talabni bajarishga kirishamiz", – degan Fransiya tashqi ishlar vazirligi spikeri.  

Ayni paytda ushbu Afrika davlatining hududida 400 nafar fransuz askari bor.  

Burkina-Faso Afrika qit’asining Saxel mintaqasida joylashgan  mamlakat bo‘lib, aholisi  21 million kishini tashkil etadi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, respublika shaklidagi davlat hisoblanadi, ya’ni  «Faso» so‘zi «Respublika» ma’nosini  anglatadi.