Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Finlyandiya va Shvetsiya kelasi hafta NATOga ariza tashlaydi
14:35 / 2022-05-11

Finlyandiya bilan Shvetsiya kelasi hafta bir vaqtning o‘zida NATOga ariza tashlashi mumkin, deb yozmoqda Helsingin Sanomat gazetasi ishonchli manbalarga tayanib.

"Finlyandiya bilan Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun arizani kelasi haftaning boshida bir vaqtda tashlaydi", - deb yozdi mazkur nashr.

Avvalroq Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo NATOga a’zolik masalasida fikrini 12 mayda e’lon qilishi haqida xabar tarqalgan edi.

Xabarda aytilishicha, Finlyandiya rahbari 17-18 may kunlari Shvetsiyaga tashrif buyurib mamlakat bosh vaziri Magdalena Andersson bilan muzokara o‘tkazadi. Muzokaralarda muhokama etiladigan mavzu  Finlyandiya bilan Shvetsiyaning xavfsizlik bo‘yicha olib borayotgan siyosatiga bag‘ishlanadi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, ikki davlat rahbarlari Shimoliy Alyansga qo‘shilish bo‘yicha qarorini birgalikda e’lon qiladi.