OAV: Estoniya osmonida NATO harbiy havo kuchlarining mashqlari boshlandi
Estoniyada NATO faoliyati doirasida Germaniya va Ispaniya harbiy havo kuchlarining birgalikdagi mashqlari boshlandi. Mashqlar 4 sentyabrgacha davom etadi, deb xabar bermoqda Postimees gazetasi.
Nashrning ta’kidlashicha, Germaniya va Ispaniyaning Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari Estoniya osmonida seriyali parvozlarni mashq qiladi. Mashqlar hududi mamlakatning sharqiy, janubiy va markaziy qismlarini o‘z ichiga oladi.
Postimees gazetasining ta’kidlashicha, NATO mamlakatlari harbiy havo kuchlari Estoniya havo kengliklarida 2004 yildan buyon qo‘riqchilik qilib keladi. Alyansning jangovar samolyotlari Shyaulyay (Litva) va Emari (Estoniya) aviabazalariga joylashtirilgan.