Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Eron Xitoy bozorida Rossiya bilan raqobatlashish uchun neft narxini tushiradi
14:58 / 2022-07-04

Blumberg agentligining yozishicha, "Eron shundoq ham arzon narxda sotayotgan neftini yana arzonlashtirmoqchi, chunki uning asosiy raqobatchisi Xitoy bozorida o‘z pozitsiyasini borgan sari mustahkamlab bormoqda".

Shuningdek, Blumbergning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy Rossiya neftining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda, Moskva esa Ukrainada maxsus amaliyot boshlaganidan so‘ng eksport ko‘rsatkichini saqlab qolishga harakat qilmoqda, natijada Eron bilan kuchli raqobatga duch kelmoqda.

Agentlikning ta’kidlashicha, may oyida Rossiyaning Xitoyna neft eksporti rekord darajaga yetgan. Eron neft narxini tushirib Xitoy bozorida raqobatbardoshlikni saqlab qolmoqchi, deydi Blumberg.