Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Credit Suisse banki Markaziy bankdan yordam so‘radi
12:17 / 2023-03-16

Shveysariyaning Credit Suisse banki chorshanba kuni aksiyalari qiymatini qariyb uchdan birga yo‘qotgani bois mamlakat Markaziy bankiga hamda bozorni tartibga soluvchi idoraga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan. Shu bilan birga, Yevropa markaziy banki ham Shveysariya moliya tashkilotlari bilan bog‘liq tahdidlar ko‘lamini hisoblashni boshlagan, deb yozmoqda Financial Times gazetasi vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib.

Avvalroq mashhur moliyaviy sharhlovchi Robert Kiyosaki amerikaning Silicon Valley Bank (SVB) banki bankrotga uchragandan keyin, navbat Shveysariyaning Credit Suisse bankiga keladi, deb yozgan edi. Bir vaqtlar u, Amerikadagi eng  yirik Lehman Brothers banki  2008 yilda  bankrotga uchrashini aniq  bashorat qilgan.  

Credit Suisse banki faoliyatiga 1856 yilda asos solingan. 50 ta mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur moliya tashkilotida taxminan 48 ming kishi mehnat qiladi.