Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Burkina-Fasoda yana harbiy to‘ntarish
16:04 / 2022-10-01

Kapitan Ibraim Traore boshchiligidagi bir guruh harbiylar mamlakatning o‘tish davri hukumati rahbari podpolkovnik Pol-Anri Sandaogo Damiba lavozimidan chetlatilgani, mamlakat konstitutsiyasi harakatdan to‘xtatilgani, hukumat tarqatib yuborilgani va chegaralar yopilgani haqida e’lon qildi, deb xabar tarqatgan Lefaso.net nashri.

Nashr tarqatgan xabarda "harbiylar guruhi bugun kechqurun podpolkovnik Damibani “Mamlakatni tiklash va saqlab qolish uchun vatanparvarlik harakakati” g‘oyalaridan chekingani sababli vazifasidan chetlatdi", - deyilgan.
O‘tgan juma kuni Faso nashri Burkina-Faso poytaxti Uagaduganing  bir nechta tumanlarida, jumladan Baba Su shahrida joylashgan asosiy harbiy lagerda  otishmalar ovozi eshitilgani haqida xabar bergan edi.

Joriy yilning 24 yanvarida Burkina-Fasoda 41 yoshli podpolkovnik Pol-Anri Sandaogo Damiba rahbarlik qilgan isyonchilar  “Mamlakatni tiklash va saqlab qolish uchun vatanparvarlik harakakati” nomidan davlat tuntarishi amalga oshirilganini e’lon qilgandi. O‘shanda ular  mamlakat prezidenti Rok Mark Kaboreni iste’foga chiqargani, mamlakat hukumati tarqatib yuborilgani, konstitutsiya to‘xtatilgani haqida bayonot bergandi. Keyinroq isyonchilar konstitutsiyani tiklashga qaror qilgandi.