Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Britaniya qo‘shinlarini Yevropa bo‘ylab olib o‘tish uchun YeI bilan shartnoma imzolaydi
10:13 / 2022-10-26

Buyuk Britaniya YeI bilan qo‘shinlarini Yevropa mamlakatlari orqali tezkor olib o‘tish imkonini beradigan bitimni imzolaydi, deya ma’lum qildi Niderlandiya mudofaa vaziri Kaysa Ollongren Britaniyada chiqadigan Times gazetasiga bergan intervyusida.

"Men Buyuk Britaniyaning ushbu kelishuvga qo‘shilayotganidan xursandman, chunki Ukrainaga yordam berishda hamkorlik qilish borasida hozirdanoq Birlashgan Qirollikning qay darajada muhim sherik ekanini ko‘rib turibmiz", – dedi Ollongren.

Gazetaning ta’kidlashicha, gap bu yerda “harbiy tezkorlik” dasturi haqida ketmoqda. Mazkur dastur ishtirokchi mamlakatlarga qo‘shinlarini butun Yevropa bo‘ylab, ayniqsa harbiy vaziyatlarda olib o‘tish uchun ruxsatnomalar oson olinishini ko‘zda tutadi.

Shuningdek, hujjatda ishtirokchi-mamlakatlarga texnikalarini tezkorlik bilan olib o‘tish uchun maxsus yo‘laklar tashkil etish ham nazarda tutilgan. Rejaga ko‘ra, har bir davlat harbiy texnikalarni olib o‘tish uchun o‘z hududida infratuzilmalarni yaratishi kerak, deb yozmoqda gazeta.