Buyuk Britaniya qurolli kuchlari xakerlarning qirollikka hujumi ortishi sharoitida kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarni ko‘paytirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, deb yozdi Telegraph nashri Capita autsorsing IT-kompaniyasining mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha boshqarmasi direktori Richard Xolroydga tayanib.
Xolroydning ta’kidlashicha, bozorda katta raqobat yuzaga kelgan. Buyuk Britaniya armiyasida axborot texnologiyalari sohasini himoya qilish bo‘yicha mutaxassislarni tanlab olish anchayin qiyin kechmoqda. Bunga Amerikaninig Raytheon Technologies yoki Britaniyaning yirik British Telecom (BT) telekommunikatsiya kompaniyasi raqobatchi bo‘layotgani ham sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
“Ilm-fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika bilan bog‘liq barcha yo‘nalish yuqori raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda”, – degan Capita kompaniyasining mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha boshqarmasi direktori.
Joriy yilda maqsadli tanlovda armiyaga zarur bo‘lgan mutaxassisliklarning faqat 80 foizi qoplangan. Hatto, oshpaz va benzovoz haydovchilarini tanlashda ham muammolar paydo bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.
Britaniyaning hozirgi monarxi Karl III taxtga o‘tirish marosimida mudofaa vazirligi yaqin yillarda kadrlar tanqisligini hal qilishga harakat qiladi, deb va’da bergan edi.