OAV: Braziliyada davom etayotgan suv toshqinlari qurbonlari 46 kishiga yetdi
O‘tgan yakshanba kuni Braziliyaning San-Paulu shtatida kuchli dovul va rekord darajadagi yog‘ingarchiliklar 46 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, yana 49 kishi bedarak ketgan, deb xabar tarqatdi G1 portali.
“Qutqaruv guruhi seshanba kuni dovul qurbonlarini qidirishni qaytadan boshlagan. Fuqaro mudofaasi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, jami 46 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi bedarak ketgan”, – deyiladi xabarda.
Yakshanba kuni San-Pauluda yog‘ingarchilik ayrim tumanlarda 600 millimetrga yetgan, hozirda yomg‘ir shiddati ancha pasaygani aytilmoqda. San-Paulu hukumatining ma’lum qilishicha, mintaqada 766 kishi suv toshqinlari va yer o‘pirilishlari natijasida boshpanasiz qolgan, 1 ming 730 kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. San-Paulu gubernatori Tarsisiu de Freytas bir qator ma’muriy birliklarni halokat hududlari, deb e’lon qildi