Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV Baydenning reytingi keskin tushib ketganini yozmoqda
11:27 / 2023-11-20

AQSH Prezidenti Jo Baydenning reytingi Yaqin Sharqdagi mojaroga nisbatan Vashington pozitsiyasi tufayli rekord darajada pastladi, deb xabar tarqatdi “NBC” telekanali.

OAV bergan ma’lumotga ko‘ra, Amerika yetakchisini so‘rovda qatnashganlarning atigi 40 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ta’kidlanishicha, ehtimoliy saylovchilarning aksariyat qismi Isroil – Falastin mojarosi masalasida uning yuritayotgan siyosatini ma’qullamagan.

Baydenning qarashi demokratlar va ayniqsa 18-34 yoshlilar orasida kuchsizlangan. Bu qatlamning ko‘pchiligi G‘azo sektoridagi harbiy harakati bilan Isroil haddidan oshib ketganini ta’kidlamoqda.

Sentyabrda ushbu saylovchilarning 46 foizi Oq uy siyosatini yoqlagan, hozir ushbu raqam 31 foizga tushib ketgan.

Shuningdek, so‘rov natijasi Bayden reyting bo‘yicha ilk bor sobiq Prezident Donald Trampdan ham ortda qolayotganini ko‘rsatmoqda.

AQSHda prezident saylovi 2024 yil bo‘lib o‘tadi.