Oq uy xodimlari, Milliy demokratik qo‘mitasi vakillari va tashqi maslahatchilar AQSH Prezidenti Jo Bayden nomzodini ikkinchi muddatga ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ishlarini kuchaytirmoqda. Bu haqdagi qaror 25 aprelda e’lon qilinishi mumkin, deb yozmoqda New York Times gazetasi manbalarga tayangan holda.
“Yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oq uy, Milliy demokratik qo‘mita vakillari va tashqi maslahatchilar ishtirok etgan. Ular Baydenning keyingi saylovda nomzod sifatida ishtirok etish masalasini muhokama qilgan. Chunki Prezident Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga ishtirok etish bo‘yicha yakuniy qarorga kelish vaqti tobora yaqinlashmoqda”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, joriy muhokama 25 aprel ko‘zda tutilmoqda. Shu kuni Oq uy rahbari videomurojaat bilan chiqishi mumkin.
Shu bilan birga, xabarda aytilishicha, Baydenning saylovda ishtirok etish haqidagi qarori rasman yozda e’lon qilinishi ham mumkin. Chunki amaldagi davlat rahbarining jiddiy raqobatchilari yo‘q va u saylov kompaniyasini boshlashga shoshilmasa ham bo‘ladi, demoqda prezident atrofidagi rasmiylar.