Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV AQSHning yadroviy bombardimonchi samolyotlari Yevropada parvoz qilayotgani haqida yozmoqda
12:47 / 2022-02-15

AQSHning yadro zaryadini tashuvchi ikkita bombardimonchi samolyoti 14 fevral kuni tunda Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari bazasidan O‘rtayer dengizi va Yaqin Sharq tomonga uchdi, deb yozmoqda Sun nashri. Nashrning yozishicha, bombardimonchi samolyotlar kuchlarini RF qarshisida namoyish qilish uchun osmonga ko‘tarilgan.

"Samolyot Fransiyaning g‘arbiy sohillari bo‘ylab va Ispaniyani chetlab uchgan va keyin O‘rtayer dengizi va Yaqin Sharq tomon parvozni davom ettirdi.... Bu samolyotlar yadro qurolini, jumladan, yadroviy qanotli raketalarni ham olib yura oladi", - deb yozdi mazkur nashr.

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi manbalarida aytilishicha, bombardimonchi samolyotlarni havoga ko‘tarish “oddiy kundalik” ish hisoblanadi. Bunday ko‘rinishdagi parvozlar odatda, tez-tez bo‘lib turadigan mashqlardir, biroq ba’zan u keskinlik oshgan paytlarda kuchni namoyish qilish sifatida qaraladi.