Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: AQSHning ikkita desant kemasi Polshaga yetib keldi
20:10 / 2022-09-15

Ikki kemada ham dengiz piyodalari bor, deyiladi dziennik.pl nashri tarqatgan xabarda. "Amerikaning USS Gunston Hall va USS Kearsarge harbiy kemalari Polshaning Truymyast portiga langar tashlagan", – deb yozmoqda gazeta.

Wasp USS Kearsarge sinfidagi desant kemasi AQSHning 22 chi dengiz ekspeditsiya guruhining flagmani hisoblanadi. Uning uzunligi 257 metr, eni 60 metr va bortiga ikki mingdan ortiq odam olish imkoniyatiga ega.

USS Gunston Hall desant kemasining ekipaji 413 kishidan iborat bo‘lib, bortiga yana 402 nafar dengiz piyodasini olishi mumkin.

Amerikalik dengizchilarining ushbu harakatlariga "kuchini Boltiq dengizida namoyish qilish”, deb qarash mumkin. Chunki bunday kemalar avval hech qachon Boltiq dengizi suvlariga kirmagan, deyilmoqda xabarda.