Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: AQSHda politsiyachilar fuqaroni urgani uchun ishdan bo‘shatildi
13:07 / 2022-08-22

Arkanzas shtatida uch nafar politsiyachi fuqaroni qattiq do‘pposlagani videoga olinib, ijtimoiy tarmoqda tarqatilgandan keyin ishdan bo‘shatildi, deb yozmoqda NPR nashri.

"Arkanzas shtatining Krouford okrugida uch nafar politsiyachi bir erkakni ushlab turgani va urayotgani videosi ijtimoiy tarmoqda tarqalgandan keyin, ular o‘z vazifasidan chetlashtirildi. Shtat gubernatorining ma’lum qilishicha, hozir voqea bo‘yicha tergov olib bormoqda", – deyiladi xabarda. Videoyozuvda uch politsiyachi erkakni yerga bosib olib, unga mushtlari va tizzalari bilan zarba berayotgani, boshini asfaltga urayotgani tasvirlangan.

Xabarda ta’kidlanishicha, voqea Malberi shahridagi unchalik katta bo‘lmagan savdo do‘koni qarshisida ro‘y bergan.