OAV: AQSH Xitoyga yarimo‘tkazgichlar eksportini cheklamoqchi
AQSH prezidenti ma’muriyati Xitoyni ilg‘or mikrosxemalarni ishlab chiqarish imkoniyatidan mahrum qilish uchun yarimo‘tkazgichlar va ularni ishlab chiqaradigan texnik uskunalar eksportini nazorat qilishning yangi choralarini tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda Wall Street Journal gazetasi xabardor manbalarga tayanib.
"AQSH ilg‘or mikrosxemalarni Xitoyga eksport qilishni cheklashga harakat qilmoqda. Oq uyning ushbu xatti-harakati Xitoyning yuqori texnologiyali yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishiga halaqit berishga qaratilgan", – deb yozadi mazkur nashr.
Avvalroq AQSH prezidenti Xitoy bilan raqobatda mamlakat pozitsiyasini kuchaytirish uchun amerikalik yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun 52,7 milliard ajratilishini ma’lum qilgan edi.