AQSH va Yaponiya qurolli kuchlari Xitoyning Tayvan uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan mojaro sababli hamkorlikni kuchaytirmoqda, deb yozmoqda Financial Times gazetasi AQSH dengiz piyodasi 3-ekspeditsiya korpusi (Yaponiyada joylashgan) rahbari general-leytenant Jeyms Birman bergan ma’lumotga tayanib.
Nashrning yozishicha, Birmanning ta’kidlashicha, AQSH va Yaponiya qurolli kuchlari "o‘zlarining qo‘mondonlik tuzilmalarini tezkorlik bilan integratsiyalashtirmoqda va qo‘shma amaliyotlarni kuchaytirmoqda. Bularning barchasi Vashington va uning Osiyodagi ittifoqchilari birgalikda Xitoy bilan bo‘ladigan ehtimoliy urushga, jumladan, Tayvan uchun bo‘ladigan ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorgarlik doirasida kechmoqda".
Birmanning aytishicha, AQSH va uning Osiyodagi ittifoqchilari Ukraina bilan bo‘lganidek, tamoyilda harakat qiladi. "2014 va 2015 yillarda biz bo‘lg‘usi mojaroga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rish bilan shug‘ullanganmiz", – degan Birman, Ukraina harbiy xizmatchilarini o‘qitishdan tashqari yana ko‘plab mavzular haqida gapira turib.