English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: AQSH toliblardan evakuatsiya tugamagunicha Kobulga kirmay turishni so‘ragan
12:59 / 2021-08-15

AQSHning Afg‘onistonda yarashuv masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod “Tolibon” harakati jangarilarini AQSH o‘z fuqarolarini olib chiqib ketmagunicha Kobulga hujum qilmaslikka chaqirgan, deb xabar bermoqda NYT nashri amerika manbalariga tayangan holda.

Amerikalik fuqarolarni ko‘chirish qancha vaqt talab qilishi va Vashington ushbu vazifani muvaffaqiyatli yakunlay olishi hali noma’lum. Gazetaning ma’lumot berishicha, hozir Kobulda AQSHning kamida 10 ming fuqarosi bor.

Xabarda ta’kidlanishicha, toliblar bunga javoban AQSHdan aviazarbalar berishni to‘xtatishni talab qilgan.