AQSH Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimiga ulangan Turkiya banklariga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda, deb yozmoqda Financial Times gazetasi.
Nashrning ta’kidlashicha, hozir “Mir” kartalarini Turkiyaning beshta banki qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularning ikkitasi tizimga Rossiyaning Ukrainada boshlagan maxsus amaliyotidan keyin ulangan. AQSH tomoni ushbu hamkorlik Rossiyaga “g‘arb sanksiyalaridan qochish” imkoniyatini berishidan xavotir olmoqda", shu bois ushbu banklarga ta’sir o‘tkazmoqchi.
Bundan tashqari, Amerika hukumati “Mir” bilan hamkorlik qilayotgan barcha xorijiy kredit tashkilotlariga chora ko‘rish bilan tahdid solmoqda. "Biz juda tushunarli darajada shuni yetkazmoqchimizki, masalan, moliya muassasalari “Mir” to‘lov tizimiga ulanmasligi kerak, chunki bu, sanksiyalardan qochish imkoniyatini berishi mumkin", – deb yozadi gazeta g‘arblik mansabdor shaxsning gaplariga tayanib.
Bundan tashqari, Financial Times gazetasining uqtirishicha, Rossiya bilan Turkiyaning moliyaviy sohadagi hamkorligidan Yevroittifoq ham xavotirda. “Oktyabr oyida Bryussel ushbu masalani ko‘ndalang qo‘yish uchun Turkiyaga o‘z delegatsiyasini jo‘natishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.