Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Afg‘onistonda britaniyalik va uning rafiqasi kaltaklandi
14:11 / 2021-08-21

Buyuk Britaniya fuqarosining ta’kidlashicha, toliblar uni xotini bilan birgalikda britaniyaning evakuatsiya markaziga ketayotganida kaltaklashgan, deb yozmoqda Independent gazetasi.

Britaniyalikning ta’kidlashicha, u elektron pochta orqali Britaniya elchixonasidan Kobul aeroportiga kelish haqida yo‘riqnoma xatini olgan. Uning aytishicha, yo‘lda toliblar uni va xotinini qattiq kaltaklashgan va orqaga qaytishni buyurgan. Endi ular qo‘rqqanidan uyidan chiqolmay turibdi.  

Xabarda ta’kidlanishicha, xorijliklar uchun Kobul aeroportiga yetib borish juda mushkul. Faqat amerikalik harbiylar hech qanday to‘siqlarsiz aeroportga kirmoqda, chunki ularning xavfsizligini AQSH kuchlari ta’minlab turibdi.  

Bundan avval ham “Tolibon” jangarilari xorijliklarni kaltaklayotgani haqda xabar qilingan edi. Masalan,  Los Angeles Times nashrining jurnalisti yozishicha, jangarilar uni kaltaklashgan, keyin uzr so‘ragan.