Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi Raisi bank mijozlariga murojaat qildi
11:06 / 2020-03-31

Koronavirus pandemiyasi butun dunyo xalqlari boshiga ogʻir kunlarni yogʻdirmoqda. Yaqin tarixda insoniyat bunday inqirozga yuz tutmagan.


Koronavirus pandemiyasi butun dunyo xalqlari boshiga ogʻir kunlarni yogʻdirmoqda. Yaqin tarixda insoniyat bunday inqirozga yuz tutmagan.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida oʻz vaqtida muhim qarorlar qabul qilinib, tezkor chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Joriy yil 26-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida boʻlib oʻtgan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida ham pandemiya oqibatlaridan jamiyatimizni asrab-avvaylash maqsadiga qaratilgan keng koʻlamli vazifalar ishlab chiqildi.

Qariyb bir asrdan buyon yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini oshirishda, Sizlardek tashabbuskor mijozlarga yaqin hamkor, hammaslak boʻlishda oʻz kuchini ayamayotgan Oʻzsanoatqurilishbank jamoasi mazkur murakkab vaziyatda ham ishonchingizni saqlab qolish yoʻlida bor imkoniyatlarini safarbar etmoqda.

Avvalo, hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish maqsadida bank Bosh ofisida maxsus shtab tashkil qilindi. Bu borada filiallarda amalga oshirilayotan ishlar qatʼiy nazoratga olindi.

Xizmat koʻrsatuvchi ofislar doimiy dezinfeksiya qilinmoqda, xodimlar himoya vositalari bilan taʼminlanmoqda, bankka tashrif buyurayotgan mijozlarga ham tibbiyot niqoblari tarqatilib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinmoqda.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan, moliyaviy qiyinchiliklarga uchrayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy shaxslarga Bankimizdan olingan kreditlarini soʻndirish muddatlari uzaytirilmoqda.

Shuningdek, bugungi epidemiologik vaziyat tufayli Bank tomonidan masofaviy xizmatlar va mahsulotlar ommabopligini oshirish boʻyicha ishlar yana-da kuchaytirildi. Aksariyat mijozlar uchun “Bank-mijoz”, “Mobil bank” xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar taqdim etildi. Amaldagi interaktiv xizmat va mahsulotlar ahamiyati xususida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targʻibot ishlari faollashtirildi.

Uyda qolayotgan aholimizning pulga ehtiyojini qondirish maqsadida onlayn mikroqarz berish joriy qilindi. Bugungi kunda bunday kreditlar bankimiz tomonidan muomalaga chiqarilgan “Ish haqi” loyihasi asosidagi plastik karta egalariga “UzPSB Mobile” mobil ilovasi orqali garovsiz, kafilliksiz, sanoqli daqiqalarda taqdim etilmoqda.

Maʼlumki, koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha hukumat komissiyasi topshiriqlariga binoan tashkilot rahbarlarining aholini bevosita qabul qilish ishlari vaqtincha toʻxtatildi.

Shunga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari tizimi masofadan yoʻlga qoʻyildi. Hozirda murojaatlar interaktiv shaklda Bank elektron pochtasi (info@uzpsb.uz), telegram-bot manzili (@sqb_uz_bot), “Ishonch telefoni” (+998-78-120-45-01) hamda “Call-markaz”i (+998-71-200-43-43) orqali qabul qilinmoqda.

Qayd etish lozimki, ushbu “virusli urush”ga qarshi kurashish borasidagi yagona tizim faqatgina davlat yoki muayyan tashkilotning zimmasidagi vazifagina emas, balki har birimizning oʻz-oʻzimizni asarashimiz zarurligiga qaratilgan ijtimoiy daʼvatdir.

Shunday ekan, kasallikni tezroq bartaraf etish yoʻlida barchamiz hukumatimiz atrofida jipslashib, belgilangan qoidalarga amal qilishimiz maqsadga muvofiq boʻladi. Bu bilan ushbu sinovli kunlarni tezda ortda qoldirib, yangi yorugʻ kunlar, yangi marralarni qarshi olishga imkon yaratamiz.

Soʻzim soʻngida bizga ishonch bildirgan mijozlarimizga minnatdorlik bildiraman! Bu butun Oʻzsanoatqurilishbank jamoasi uchun oʻta muhim va yuqori baho boʻlib, bizni yangiliklar yaratish yoʻlida ilhomlantiradi, kuch-gʻayrat bagʻishlaydi.

Salomatlik doimo hamrohingiz boʻlsin!