Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zmilliybank va AQSH Eksimbanki hamkorlikni qayta tikladi
13:00 / 2018-05-17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va AQSHning Eksport-import banki o‘rtasida 100 million dollar miqdorida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum AQSHning Eksport-import banki bilan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni qayta tiklash, shuningdek, AQSHdan O‘zbekistonga tovarlar va xizmatlar eksportini moliyalashtirish uchun o‘rta va uzoq muddatli kreditlar taqdim etilishini nazarda tutadi.Shuningdek, O‘zbekistonda yirik davlat kompaniyalarining, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi loyihalarini moliyalashtirish imkonini beradi.