Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzmilliybank: qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish hajmi va eksporti ortmoqda
11:25 / 2020-07-24

“Oʻzmilliybank” mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va ularning eksportini amalga oshirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda tadbirkorlik subyektlariga yaqindan yordam berib kelmoqda.



“Oʻzmilliybank” mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va ularning eksportini amalga oshirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishda tadbirkorlik subyektlariga yaqindan yordam berib kelmoqda.

Jumladan, “Oʻzmilliybank” tomonidan joriy yilning 13-iyul hamda 23-iyul kunlari Xorazm va Buxoro viloyatlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, agrozonalarda zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida onlayn videokonferensiya orqali vebinar tashkil qilindi.

Vebinar davomida bank masʼul xodimlari tomonidan tashabbuskorlarga kredit ajratish tartib-tamoyillari, bankda mavjud xorijiy kredit liniyalari va ularni jalb qilish shartlari, loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorning loyihadagi oʻz mablagʻlari bilan ishtiroki kamida 30 foizni tashkil etishi, shu jumladan, import shartnoma qiymatining 15 foizi boʻnak shaklida tadbirkor mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi toʻgʻrisida atroflicha tushunchalar berildi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020-yil 6-8-iyul kunlari hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, bank tizimini isloh qilish boʻyicha kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida yangi loyihalarni amalga oshirishda birinchi navbatda tashabbuskorning mablagʻlari mavjudligi (kamida 30 foiz) va uni kafolatlangan qaytimiga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlab oʻtilgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subyektlariga yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar, shu bilan birga Quva anorchilik tajribasi asosida Respublikaning boshqa hududlarida anorchilikni rivojlantirish boʻyicha “Oʻzmilliybank” va Akademik M. Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida ishlab chiqilgan qoʻllanma elektron shaklda taqdim etildi.

“Oʻzmilliybank” tomonidan tashkil qilingan vebinar qizgʻin va muzokaralarga boy boʻlib, tadbirkorlik subyektlari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javob olishdi.

Tadbirkorlik subyektlarini qiziqtirgan qoʻshimcha savollar boʻyicha 78-147-15-26 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilishlari yoki bankning www.nbu.uz rasmiy veb sayti orqali maʼlumot olishlari mumkinligi maʼlum qilindi.

photo_2020-07-24_11-51-05.jpg

  
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida