English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oʻzmilliybank” AJ: boshqaruvning yangi usullari
20:50 / 2020-02-19

Koʻpchilik boshqaruvchi va lider oʻrtasida farq yoʻq deb oʻylaydi. Aslida unday emas. Har bir inson boshqaruvchi boʻlishi mumkin, ammo hamma ham lider boʻla olmaydi.


Koʻpchilik boshqaruvchi va lider oʻrtasida farq yoʻq deb oʻylaydi. Aslida unday emas. Har bir inson boshqaruvchi boʻlishi mumkin, ammo hamma ham lider boʻla olmaydi.

Mehnat jamoalaridagi boshqaruvchida liderlik qobiliyatini uygʻotish, bu qobiliyatni yana-da oʻstirish ishda katta natijalarni kafolatlaydi. Taʼkidlash kerakki, moliya muassasalarida doimiy tarzda xodimlarning malakasini oshirish uchun sarmoya kiritish muhim sanaladi. Bu kabi yoʻl tutish qoʻyilgan vazifalarni sifatli bajara oladigan, bank rivojiga, moliyaviy xizmatlar bozoridagi imijini yaxshilashga hissa qoʻshadigan ahil va iqtidorli mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirish uchun xizmat qiladi.

“Oʻzmilliybank” AJ bosh ofisida 17-fevral kuni bank boshqaruvi xodimlari uchun boshlangan “Boshqaruvchi – 2020” seminar-treningi bu borada muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu tadbir Prezidentimizning 2019-yil 31-oktyabrdagi “Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, boshqaruv vositalaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida “Gazprombank” AJ bilan imzolangan oʻzaro hamkorlik shartnomasiga asosan oʻtkazilmoqda.

Treningda “Gazprombank”AJ ning malaka oshirish boʻyicha menenjerlari Oksana Dorofeyeva va Yelena Jarinova oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Joriy yilning yanvar oyida rejalashtirish texnologiyasi, faoliyatni tashkil etish, xodimlar motivatsiyasi, boshqaruvchi faoliyatining standartlari kabi koʻnikmalarni rivojlantirish maqsadida, bank boshqaruvining rahbar xodimlari uchun “Orol” biznes-simulyatsiya oʻyinlari tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uning mantiqiy davomi hamda “Menejment davri” bazaviy kursining bir qismi hisoblanadi.

Aytilganidek, samarali boshqaruv rahbar xodim faoliyati bilan chambarchas bogʻliq. Boshqaruvchilik vositalaridan foydalanish, qoniqarli natijalarga erishish, xodimlarni samarali boshqarishga imkon beradi. Shuningdek, rahbar xodimlar tarkibi qoʻl ostidagi xodimlarga qoʻyiladigan vazifalarni samarali rejalashtirishi, vazifa yuklashda xodimning imkoniyatlarini inobatga olishi, boshqaruvning turli shakllarini qoʻllay olishi lozim.

Trening davomida ishtirokchilar, oʻz bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda boshqaruvning yangi usullarini oʻrganish imkoniga ega boʻldi.

Seminar-trening 20-fevralgacha davom etadi.