Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzmilliy bank: xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
18:30 / 2020-11-02

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi kengashining XVI yigʻilishida ishtirok etdi


Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi kengashining XVI yigʻilishida ishtirok etdi.

2020-yil 30-oktyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi kengashining videokonferensiya formatidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishga “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporatsiyasi raisi I.I.Shuvalov rahbarligida Rossiya davlati raislik qildi. Unda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi oʻrinbosari A.L.Overchuk va SHHT bosh kotibi V.I.Norov tabrik soʻzi bilan chiqish qildi. Tadbirda SHHT ga aʼzo davlatlarning yetakchi banklari rahbarlari, taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi rivojlanish institutlari rahbarlarining yigʻilish kun tartibi boʻyicha maʼruzalari tinglandi. Maʼruzalarda hamkorlikda saʼy-harakat qilgan holda pandemiyaga qarshi kurashish, tashkilot iqtisodiyoti uchun pandemiya oqibatlarini yenggish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish, SHHT makonida “milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish masalasiga nisbatan qoʻshma yondashuvlar”singari masalalarga eʼtibor qaratildi.

Yigʻilish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki tomonidan kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyalashtirish andozasidan samarali foydalanish orqali pandemiya oqibatlarini yengishda saʼy-harkatlarni birlashtirish, “SHHT ga aʼzo davlatlarning koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturi”ni amalga oshirishni davom ettirish va innovatsion andozalarni joriy etish orqali infratuzilmadagi yirik loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, SHHT maydonida maʼlumot almashish boʻyicha oʻzaro munosabatlarni chuqurlashtirish taklifi bildirildi.

Xitoy taraqqiyoti davlat banki raisi Ch.Xuan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida faoliyat yuritadigan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus kredit dasturini taʼsis etish toʻgʻrisida maʼlum qildi. Oʻzaro manfaat tamoyili asosida yetkazib berish va ishlab chiqarish mintaqaviy zanjirini barqarorlashtirish hamda “Big Data” (Katta maʼlumotlar), sunʼiy intellekt va aqlli shahar konsepsiyasini hisobga olgan holda, yangi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga eʼtibor qaratish taklif etildi.

VEB.RF» Davlat taraqqiyot korporatsiyasi raisi I.I.Shuvalovning qayd etishicha, pandemiya oqibatlarini yengish boʻyicha ilk marotaba ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” savdo qilish va investitsiyalar oqimi uchun turtki boʻladi, pandemiya oqibatlariga qarshi kurashish sohasida eng yaxshi amaliyotlar bilan almashinuvni kengaytiradi

Taʼkidlash joizki, “Yoʻl xaritasi” SHHT makonida istiqbolli loyihalar bazasini shakllantirishni, infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari va vositalarini ishlab chiqishni, jumladan “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi SHHT ga aʼzo davlatlar iqtisodiy oʻsishining yangi imkoniyatlarini aniqlash, oʻzaro savdo va investitsiyalar oqimini ragʻbatlantirish imkonini beradi. SHHT makonida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish jarayonida milliy valyutalarda moliyalashtirish amaliyoti ulkan salohiyatga ega.

Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki tomonidan oʻtgan yili kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun Xitoy taraqqiyoti davlat bankining 500 million yuan miqdoridagi kredit liniyasi jalb qilingan. SHHT doirasida “Bir kamar, bir yoʻl” dasturi doirasida Xitoyning boshqa hamkorlari bilan faol ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, “VEB.RF” Davlat taraqqiyoti korporatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasiga yuqori texnologiyali uskunalarni yetkazib berish boʻyicha hukumatlararo bitimlar ham amalga oshirilmoqda. Ayni paytda Rossiya tomonidan Rossiya eksport markazini jalb qilgan holda, rublda loyihalarni imtiyozli shartlarida moliyalashtirishning yangi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.

Umuman olganda, Kengash yigʻilishida aʼzo banklar rahbarlari “VEB.RF” Davlat taraqqiyoti korporatsiyasiga SHHT Banklararo Birlashmasi platformasida raislik qilgani va muhim natijalarga erishganligini yuqori baholadilar. Tadbir yakunida aʼzo banklar tashkilot iqtisodiyoti uchun pandemiya oqibatlarini yengish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” va SHHT makonida “milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish masalasiga nisbatan qoʻshma yondashuvlar”singari muhim hujjatlarni imzolashdi


2021-yilda Tojikiston Respublikasining “Amonatbonk” davlat banki SHHT Banklararo birlashmasi kengashiga raislik qiladi.

Maʼlumot uchun: SHHT Banklararo birlashmasi 2005-yil 26-oktyabrda SHHT doirasida Bankalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq tashkil etilgan. Birlashma SHHT makoni hamda SHHT ga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan mamlakatlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va bank tomonidan xizmat koʻrsatish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi.

Bank matbuot xizmati,

Reklama huquqi asosida