Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“OʻzLiDeP ”Yoshlar qanoti“ning yangi tahrirdagi Nizomi Uchinchi Renessansga poydevor vazifasini bajaradi”
16:31 / 2020-09-21

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqini butun xalqimiz jon-quloq bilan tingladi.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqini butun xalqimiz jon-quloq bilan tingladi.

Unda Yurtboshimizning “Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat boʻladi. Chunki bugungi Oʻzbekiston – kechagi Oʻzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas. Istiqlol yillarida bosib oʻtgan shonli yoʻlimizga nazar tashlab, ertangi kunimizga, oʻz kuch va imkoniyatlarimizga boʻlgan ishonchimiz yana-da ortmoqda. Mamlakatimizni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasiga muvofiq barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan islohotlarimiz bu borada hal qiluvchi omil boʻlmoqda”, degan soʻzlari barchamizga faxr-iftixor tuygʻularini bagʻishladi.

Yurtimizda yoshlarning maʼrifati, maʼnaviyati bosh masala etib belgilangan. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oʻqib-izlanishlari, yangi isteʼdodlarni kashf etish yoʻlida yuzlab loyihalar amalga oshirilib, bu maqsadlarga davlatning ulkan resurs va imkoniyatlari jalb etilmoqda.

Hozirda OʻzLiDeP tomonidan “Yoshlar qanoti” Nizomi yangi tahrirda qayta ishlab chiqilishi maqsad qilib olindi. Unda “Yoshlar qanoti”ning yoshlar bilan ishlashning yangi mexanizm va tizimlari yaratilishi koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, Nizomda “Yoshlar qanoti” faoliyatida uch yil va undan koʻproq muddat davomida faol ishtirok etib, tashabbuskorligi va intilishi bilan boshqa yoshlarga namuna boʻlayotgan yoshlarni oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli kirishlarida partiya tavsiyanomasi vakolatlarini belgilash boʻyicha loyiha ishlab chiqishini ham belgilanmoqda.

Bundan tashqari, “Start-up Invest”, “Start-up Innovatsion”, “Start-up Export” loyihalarini amalga oshirish, Startap loyihasiga ega, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan va eksport qilish istagidagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, yoshlar oʻrtasida tadbirkorni rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

Eng quvonarlisi, mazkur Nizomda “Yosh olimlar ligasi” loyihasini amalga oshirish nazarda tutilgani Uchinchi Renessansga poydevor vazifasini bajarishi bilan ham ahamiyatlidir.

Ushbu loyihada Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarini hamda yoshlarning zamonaviy bilimlarga intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksalishiga, shuningdek, jamiyatda oʻzlarining munosib oʻrnini topishiga koʻmaklashiladi.

Bir soʻz bilan aytganda, taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan, yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davri poydevorini yaratish OʻzLiDeP faoliyatining asosiy maqsadlaridandir.

Javohir SHAMSUDDINOV,
OʻzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi
Yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri