Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi saylovoldi dasturida hayotiy g‘oyalar ilgari surilgan
16:06 / 2019-10-31

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi navbatdagi XI hisobot saylov konferensiyasini o‘tkazdi.


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi navbatdagi XI hisobot saylov konferensiyasini o‘tkazdi.

Konferensiyada partiya shahar kengashining 2015-2019 yillar davomidagi faoliyati, nazorat-taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. Partiyaning Toshkent shahar kengashi a’zolarini saylash kabi masalalar muhokama qilindi.

Ma’lum qilinganidek, joriy yil 1 oktabr holatiga ko‘ra partiya Toshkent shahar kengashi a’zolari soni 82 ming 258 nafarni tashkil etmoqda.

Partiya o‘z faoliyatida yangi ish o‘rinlari yaratish, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib keladi. Jumladan, shu maqsadda joriy yil "Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga" ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlarga 8 foizli imtiyozli kredit olish uchun sertifikatlar berildi.

Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 520 dan ortiq, hususan, “Parlamentda mening o‘rnim”, “Xavfsiz internet” loyihalari, “Yosh mulkdor – yurt tayanchi”, “Ishbilarmon talaba”, “Yosh innovatsiyachi”, “Yosh tadbirkorlar va fermerlar” hamda “Yosh liberallar klubi” kabi forum va tadbirlar o‘tkazilgan.

Yoshlar ma’naviyatini oshirish hamda ularda kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadidada “O‘zLiDeP kutubxonasi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Yosh kadrlarni partiya hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatiga yo‘naltirish maqsadida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi ham yaxshi natija berayotir. Bu loyiha tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilib, yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga amaliy ko‘mak berilmoqda.

Konferensiyada joriy yilning o‘tgan davrida tashkil etilgan tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 15 mingdan ziyod yigit-qiz partiya safiga qabul qilingani ta’kidlandi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi joriy yilgi saylovlarga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda, Saylovoldi dasturida hayotiy g‘oyalar ilgari surilmoqda.