Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OʻzLiDep: Tadbirkorlik rivoji yoʻlidagi barcha toʻsiq va cheklovlarni olib tashlash zarur
19:30 / 2019-10-16

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan Chirchiq shahrida “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz!” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan Chirchiq shahrida “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda quramiz!” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yoshlar oʻrtasida sportning stol tennisi, voleybol, basketbol, mini futbol kabi turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Musobaqada gʻolib boʻlgan yoshlarga partiyaning esdalik sovgʻalari topshirildi.

Targʻibot tadbirining asosiy qismi shaharning “Kimyogarlar” madaniyat saroyida boʻlib oʻtdi. Turli aksiyalar va taniqli sanʼatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi orqali partiya gʻoya va maqsadlarini aholi ongiga singdirish, aholining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan tadbirda elektorat vakillari – tadbirkor va ishbilarmonlar, partiya faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Joriy yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga boʻlib oʻtadigan saylovlar butunlay yangicha muhit, yangicha huquqiy sharoitda oʻtishi, mazkur siyosiy jarayonga partiya tomonidan ham jiddiy tayyorgarlik koʻrilayotgani taʼkidlandi.

Tadbirda partiyaning yangi Saylovoldi dasturida belgilanayotgan asosiy gʻoya va vazifalar haqida maʼlumot berildi.

Partiya dasturida qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk huquqi va kafolatlarining ishonchli himoyalanishini taʼminlash, tadbirkorlik rivojlanishi yoʻlidagi barcha toʻsiq va cheklovlarni olib tashlash, “Biznesni yuritish”, global raqobatbardoshlik, innovatsiyalar, Oʻzbekistonni sanoatning raqobatbardoshlik indekslari boʻyicha dunyoning yetakchi 50 ta mamlakati qatoridan munosib oʻrin egallashini taʼminlash, yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirishning istiqbollariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Tadbirda bu borada partiya tomonidan tadbirkorlar va investorlar uchun tushunarli boʻlgan Investitsiya va Tadbirkorlik Kodekslarini ishlab chiqish va qabul qilish gʻoyasi ilgari surilayotgani maʼlum qilindi.

Partiya siyosiy platformasida oʻz aksini topayotgan masalalardan biri – 2020 – 2025-yillarda mamlakatimizda xizmat koʻrsatish (servis) iqtisodiyotini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishdir. Ayni sohadagi muhim yoʻnalish Oʻzbekistonni jozibali jahon turizmi markaziga aylantirish, mamlakatni dunyoning sayyohlar eng koʻp tashrif buyuradigan 10 ta davlati qatoriga kiritishdan iborat.

Rasmiyatchiliklardan holi tarzda oʻtkazilgan targʻibot tadbiri doirasida xushovoz sanʼatkorlarning konsert dasturi namoyish etildi.