Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oʻzbekneftgaz”: Qabul kvotasi 345 oʻrin miqdorida belgilandi
18:56 / 2020-06-09

Tanlovdan oʻtmagan tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari filialga kirish uchun umumiy talablar asosida imtihon topshirish huquqiga ega.


“2020/2021 oʻquv yili uchun talabalarning qabul kvotasi 345 (kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha – 225, kechki taʼlim shakli boʻyicha – 120) oʻrin miqdorida belgilandi..M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga qabul toʻgʻrisida” hukumat qarori (363-son, 08.06.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yili uchun I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga talabalarning qabul kvotasi 345 (kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha – 225, kechki taʼlim shakli boʻyicha – 120) oʻrin miqdorida belgilandi.

Adliya vazirligining maʼlum qilishicha, filialga qabul kunduzgi taʼlim shakli yoʻnalishlari boʻyicha 40 foizi – davlat granti, 60 foizi – toʻlov-kontrakt, kechki taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha esa toʻliq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetning Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilarini filialga maqsadli qabul qilish, tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan alohida tanlov natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.

Tanlovdan oʻtmagan tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari filialga kirish uchun umumiy talablar asosida imtihon topshirish huquqiga ega.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.