“Oʻzbekkino” 7 nafar talabani Butunrossiya davlat kinomatografiya institutida oʻqitadi
“Oʻzbekkino” milliy agentligi 18 nafar yosh kinoijodkorlarni 3 million soʻmlik pul mablagʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi.
“Oʻzbekkino” milliy agentligi 18 nafar yosh kinoijodkorlarni 3 million soʻmlik pul mablagʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi. Shu bilan birga agentlik 7 nafar Butunrossiya davlat kinomatografiya institutiga oʻqishga qabul qilinganlarning taʼlim xarajatlarini toʻlab beradi.
Hamda “DigiCon6 ASIA ” kinofestivalining Oʻzbekistondagi saralash bosqichidan oʻtgan qatnashchilar uchun yoʻllanma taqdim etdi.
Kuni kecha “Oʻzbekkino” Milliy agentligi binosida Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda “Mening yurtim” telekanali bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan “CinemaDays-2020” kino kunlari doirasida “Yosh kinematograflar festivali” boʻlib oʻtdi. Festivalda bir qancha yosh kinoijodkorlar taqdirlandi.
Kuni kecha “Oʻzbekkino” Milliy agentligi binosida Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda “Mening yurtim” telekanali bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan “CinemaDays-2020” kino kunlari doirasida “Yosh kinematograflar festivali” boʻlib oʻtdi. Festivalda bir qancha yosh kinoijodkorlar taqdirlandi.
Festivalda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Behzod Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovlar soʻzga chiqib, barcha yosh kinoijodkorlarni tabriklashdi. Tadbirda jurnalistlar hamda jamoatchilik faollari ham ishtirok etdi.
Tadbir doirasida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bu yil birinchi bora tashkil etilayotgan “Debyut” yosh kinoijodkorlarning ssenariylar tanlovi gʻoliblarini taqdirladi hamda bu tanlov muntazam ravishda har yili oʻtkazilishi maʼlum qilindi.
Shuningdek, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan Yaponiyaning “DigiCon6 ASIA” kinofestivalida ishtirok etishga muvaffaq boʻlgan yoshlarni taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi. Shuni aytib oʻtish lozimki, Yaponiyaning “DigiCon6 ASIA” kino tadbiriga filmlarni yuborish va boshqa xarajatlar “Oʻzbekkino” Milliy agentligi byudjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.