Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning tashqi davlat qarzi qancha va bu mablag‘lar nimalarga sarflanmoqda?
17:16 / 2019-10-29

Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan hamkorlikda inflyatsiya va O‘zbekistonning tashqi qarzlari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Unda vazirlik va Markaziy bank mutasaddilari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan hamkorlikda inflyatsiya va O‘zbekistonning tashqi qarzlari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Unda vazirlik va Markaziy bank mutasaddilari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida jurnalistlarga bugungi kunda O‘zbekistonning inflyatsiya va tashqi qarz ko‘rsatkichlari, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, kelgusida amalga oshirishi rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

– O‘zbekiston Respublikasining jami tashqi qarzi joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra 20,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi. Uning 13,1 mlrd. qismi davlatniki, 7,5 mlrd qismi xususiy sektorniki – deydi Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov. Davlatimizning ichki qarzi esa 5,4 mlrd AQSh dollarini tashkil qilmoqda. 

Xo‘sh, bu miqdor kammi yoki ko‘p?

O.Isakovning ma’lumot berishicha, Moliya vazirligida Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi bilan hamkorlikdagi ishlar amalga oshirmoqda va o‘rta muddatli davlat qarzini boshqarish strategiyasi ishlab chiqildi. Mazkur tashkilotlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga muvofiq holda O‘zbekiston uchun moliyaviy xavfsiz bo‘lgan davlat qarzi me’yorlari ishlab chiqilmoqda. 

–O‘zbekiston shu ikkala tashkilot tasnifiga ko‘ra, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish salohiyati “kuchli” deb baholangan. Ya’ni bugun O‘zbekistonda davlat tashki qarzi Yalpi ichki mahsulotning 23,5 foizni tashkil qiladi, budjet defitsiti miqdori past, mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sishda davom etmoqda. Bu degani mamlakat tashqi qarzlarini to‘liq va o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatiga ega, xavotirga asos yo‘q. Jahon banki va XVJ tavsiyasiga ko‘ra mazkur tasnifdagi davlatlar uchun davlat tashqi qarzi Yalpi ichki mahsulotga nisbati 55 foizdan oshmasligi, jami davlat qarzining Yalpi ichki mahsulotga nisbati 70 foizdan oshmasligi tavsiya etiladi. Umuman aytganda O‘zbekistonning tashqi qarz miqdori MDHning ko‘pgina davlatlariga nisbatan past - dedi O.Isakov. 

Olingan qarzlar nimalarga sarflanmoqda?

Davlat tashqi qarzi turli sohalardagi loyihalar uchun sarflanmoqda. Jumladan, joriy yilning birinchi yarim yilgi holatiga ko‘ra iqtisodiyotning energetika tarmog‘iga 3,4 mlrd. AQSh dollari, transport va transport infratuzilmasi uchun 2,1 mlrd. AQSh dollari, qishloq xo‘jaligi va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishga 1,6 mlrd. AQSh dollaridan, kimyo sanoatiga 0,8 mlrd. AQSh dollari, ta’lim va sog‘liqni saqlashga 0,6 mlrd. AQSh dollari, davlat xalqaro obligatsiyalari uchun 1,0 mlrd. AQSh dollari va boshqa tarmoqlar loyihalari uchun sarflanmoqda.