French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi xotin-qizlar kimlar?
11:25 / 2020-01-19

Mazkur yoʻnalishda sezilarli siljish 2019-yilda yuz berdi


“Yuksalish” umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslari instituti xodimlari bilan hamkorlikda bugungi kunda davlat tuzilmalari, muassasalari hamda yirik jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning “Top-35” roʻyxatini tuzdi va bu yaxlit fotosuratda aks ettirildi.

Aytib oʻtish kerakki, Oʻzbekistonda gender tengligi masalasi bugungi kunda “taqiqlangan mavzular” roʻyxatidan chiqarildi.

Mazkur yoʻnalishda sezilarli siljish 2019-yilda yuz berdi. Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Gender tenglikni taʼminlash boʻyicha komissiya tuzildi.

Uch oy oʻtgach (2019-yil 21-iyun) mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Senati raisi (lavozim darajasiga koʻra mamlakatdagi ikkinchi odam) lavozimida Tanzila Narbayeva faoliyat boshladi.

Va sentyabr oyida ikki muhim qonun —“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar kuchga kirdi.

Ayollarning roli va mavqei, siyosiy-ijtimoiy hayotda ularning faolligi ortganligini yaqinda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijasiga koʻra Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi ayollardan iborat ekanligi ham bunga yarqin misoldir. Bu koʻrsatgich 2014-yilga nisbatan ikki baravar koʻp demakdir.

Yuqorida qayd etilgan, “Top-35” roʻyxatidan joy olgan xotin-qizlar ishlayotgan tashkilotlarining siyosiy kun tartibini shakllantirish, sohalarni rivojlantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga institutsional taʼsir darajasi inobatga olingan.