Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik yosh olim Xalqaro “San Paulu” fondi stipendiyasi sohibi bo‘ldi
17:49 / 2019-11-28

Abror Xudoyberdiev Xalqaro nazariy fizika markazi va Xalqaro matematika jamiyatining “Abel” Xalqaro olimlar almashinuvi dasturi tomonidan e’lon qilingan stipendiyalari sovrindoridir.


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi Abror Xudoyberdiev algebra va uning tatbiqlari bo‘yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari uchun Xalqaro “San Paulu” Fondi stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Abror Xudoyberdiev Xalqaro nazariy fizika markazi va Xalqaro matematika jamiyatining “Abel” Xalqaro olimlar almashinuvi dasturi tomonidan e’lon qilingan stipendiyalari sovrindoridir.

U 2014 yilda Birlashgan millatlar tashkiloti tasarrufidagi Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning yosh a’zoligiga saylandi.

2017 yilda esa dunyoning eng yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan dolzarb maqolalari uchun Turk dunyosi matematika jamiyatining “Eng yaxshi ilmiy tadqiqot“ uchun mukofoti bilan taqdirlangan.

Shu kunlarda yosh olim Xalqaro “San Paulu” ilmiy stipendiyasi doirasida Braziliyaning San Paulu shahrida ABC Federal universiteti professori Ivan Kaygorodov bilan hamkorlikda kichik o‘lchamli Novikov algebralarini tasniflash, konservativ algebralarni o‘rganish va bitta hosil qiluvchi elementga ega bo‘lgan konservativ algebralarni tasniflash ustida ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi
matbuot xizmati