Oʻzbekistonlik talaba Xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor boʻldi
Mazkur olimpiadada 43 ta davlatdan 360 nafar talaba ishtirok etib, oʻzaro gʻoliblik uchun bahs yuritdilar.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Abdumalik Abduqayumov shu yilning 28-iyul – 3-avgust kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur olimpiadada 43 ta davlatdan 360 nafar talaba ishtirok etib, oʻzaro gʻoliblik uchun bahs yuritdilar.
Ishtirokchilar olimpiada shartlariga koʻra ikki bosqichda matematik tahlil, sonlar nazariyasi, kompleks tahlilga oid topshiriqlarni bajardilar.
Musobaqa natijalarga koʻra TDIU talabasi Abdumalik Abduqayumov bronza medalini qoʻlga kiritdi.