Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonlik tadbirkorlar Afgʻonistonda koʻrgazma tashkil etdi
17:03 / 2020-10-25

Afgʻonistonning poytaxti Kobul shahrida Oʻzbekiston va Afgʻoniston mahsulotlarining ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasi tashkil etildi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston eksportchilar uyushmasining Afgʻonistondagi biznes elchisi.

Koʻrgazma ikki mamlakat biznes vakillarining oʻzaro yaqindan tanishishi, eksportyor va importyorlar oʻrtasida shartnomalar imzolash, ikki xalqning boy madaniy merosini keng targʻib qilish maqsadida oʻtkazilmoqda.

Koʻrgazmada oʻzbekistonlik eksportchi tadbirkorlar tomonidan 50 dan ziyod yirik kompaniyalarining yuzdan ortiq mahsulotlari katalogi namoyish etilayotir.