Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik ixtirochi ayol Kanadadagi xalqaro ko‘rgazmada yuqori o‘rinni egalladi
17:00 / 2019-08-30

Yaqinda Kanadaning Toronto shahrida IV Xalqaro ixtirochilar innovatsion ko‘rik-tanlovi — “The 4-th International Invention Innovation competition in Sanada, ICAN 2019 Toronto Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS) ICAN 2019” bo‘lib o‘tdi.


Yaqinda Kanadaning Toronto shahrida IV Xalqaro ixtirochilar innovatsion ko‘rik-tanlovi — “The 4-th International Invention Innovation competition in Sanada, ICAN 2019 Toronto Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS) ICAN 2019” bo‘lib o‘tdi.

Aytish kerakki, mazkur Xalqaro ko‘rgazma jahon ilm-fani hamda texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlar va yaratilayotgan yangi texnologiyalarni o‘rganish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda. “ICAN — 2019” ko‘rgazmasida ham 50 dan ortiq davlatlardan kelgan 500 dan ziyod ixtirochilar ilmiy texnika va texnologiyalar, oziq-ovqat, tibbiyot, kimyo hamda sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari va innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi.

photo5424891222582995737.jpg

Shunisi diqqatga sazovorki, joriy ko‘rik-tanlovga ilk bor o‘zbekistonlik olima ayol Parahat Matyakubova yurtimiz xotin-qizlari tomonidan ilk marotaba ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish uchun yuborildi. U “Donni saqlash va qayta ishlash jarayonida dielektrik nam o‘lchagich dasturiy ta’minoti” mavzuida olib borgan ilmiy izlanishlari yuzasidan erishgan yutuqlarini namoyish qildi.

O‘zbekistonlik olima ayol, texnika fanlari doktori, professor Parahat Matyakubovaning bu ixtirosi xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholandi. O‘zbekistonlik olima “Toronta Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS)” tanlovida “ICAN 2019” — “The Finals” nominatsiyasi bo‘yicha “Ixtirochi mutaxassis maxsus sovrini” hamda oltin medal bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar xizmati