Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonlik ixtirochi ayol Kanadadagi xalqaro koʻrgazmada yuqori oʻrinni egalladi
13:12 / 2019-09-01

Kanadaning Toronto shahrida IV Xalqaro ixtirochilar innovatsion koʻrik-tanlovi — “The 4-th International Invention Innovation competition in Sanada, ICAN 2019 Toronto Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS) ICAN 2019” boʻlib oʻtdi.


Kanadaning Toronto shahrida IV Xalqaro ixtirochilar innovatsion koʻrik-tanlovi — “The 4-th International Invention Innovation competition in Sanada, ICAN 2019 Toronto Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS) ICAN 2019” boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar xizmatining xabar berishicha, mazkur xalqaro koʻrgazma jahon ilm-fani hamda texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlar va yaratilayotgan yangi texnologiyalarni oʻrganish hamda ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilib kelinmoqda. “ICAN — 2019” koʻrgazmasida ham 50 dan ortiq davlatlardan kelgan 500 dan ziyod ixtirochilar ilmiy texnika va texnologiyalar, oziq-ovqat, tibbiyot, kimyo hamda sanoatning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻz ixtirolari va innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi.

Shunisi diqqatga sazovorki, ilk bor ushbu xalqaro koʻrgazmada ishtirok etish uchun oʻzbekistonlik olima ayol Parahat Matyakubova Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan yuborildi. U “Donni saqlash va qayta ishlash jarayonida dielektrik nam oʻlchagich dasturiy taʼminoti” mavzuida olib borgan ilmiy izlanishlari yuzasidan erishgan yutuqlarini namoyish qildi.

Oʻzbekistonlik olima ayol, texnika fanlari doktori, professor Parahat Matyakubovaning bu ixtirosi xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholandi. Oʻzbekistonlik olima “Toronta Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS)” tanlovida “ICAN 2019” — “The Finals” nominatsiyasi boʻyicha “Ixtirochi mutaxassis maxsus sovrini” hamda oltin medal bilan taqdirlandi.