Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonlik harbiy razvedkachilar “Oltin ukki – 2019” xalqaro musobaqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi
14:41 / 2019-09-03

28-avgust kuni Qozogʻistonning “Spassk” oʻquv poligonida razvedkachilar oʻrtasida boshlangan “Oltin ukki – 2019” xalqaro musobaqasi kecha, 2-sentyabr kuni yakuniga yetdi.


28-avgust kuni Qozogʻistonning “Spassk” oʻquv poligonida razvedkachilar oʻrtasida boshlangan “Oltin ukki – 2019” xalqaro musobaqasi kecha, 2-sentyabr kuni yakuniga yetdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti OʻzAga maʼlum qildi.

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ham ishtirok etib, faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Birinchi oʻrin mezbon davlat vakillariga nasib etgan boʻlsa, kuchli uchlikka rossiyalik razvedkachilar yakun yasadi.

Shuningdek, musobaqada Belarus, Rossiya, Hindistondan kelgan jamoalar hamda Qozogʻiston Mudofaa vazirligining oʻzidan 5 ta jamoa ishtirok etdi.

Razvedkachilar musobaqa davomida 12 turdagi turli murakkab oʻquv-jangovar mashqlarni bajardi. Har bir guruh – 100 kilometrdan ortiq boʻlgan masofani bosib oʻtdi.

Bundan tashqari, maxsus boʻlinmalar maxfiy joylarni jihozlash, murakkab hududlarda razvedka va qidiruv ishlarini olib borish, dushmanlarning kutilmagan hujumlarini qaytarish, suvli toʻsiqlarni bosib oʻtish va harbiy topografiya, oʻt ochish va muhandislik mashgʻulotlarini oʻtkazdilar.

Tantanali taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasiga Qozogʻiston harbiy razvedkasining ramzi boʻlgan – kumush ukki sovgʻa qilindi.