Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik dasturchilar hindistonlik hamkasblari tajribasini o‘rgandi
17:09 / 2020-01-21

Shuningdek, o‘qish davomida korporativ madaniyatga alohida e’tibor qaratildi.


Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi – UNICON.UZ mutaxassislari Hindiston texnologik institutining “Indian Technical and Economic Cooperation Programme” (ITEC) dasturi doirasida Hindistonning Kanpure shahrida tashkil etilgan “Intermediate cyber security for IT professionals” kursida o‘qib qaytdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra “Intermediate cyber security for IT professionals” o‘quv kursida turli mamlakatlardan 28 mutaxassis ishtirok etgan. Mashg‘ulotlar doirasida ular kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasiga oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni egalladi, shuningdek, kiberxavfsizlikka qarshi kurashish borasidagi eng yangi uslublar va kiberhujumlarning oqibatlarini bartaraf etish usullari bilan tanishdi.

Shuningdek, o‘qish davomida korporativ madaniyatga alohida e’tibor qaratildi. Busiz barcha zamonaviy kiber tahdidlarga qarshi samarali himoyani ta’minlab bo‘lmaydi.

O‘zbekistonlik dasturchilar o‘qishni muvaffaqiyatli tugallab, sertifikat oldi. Ularning mazkur ta’lim dasturidagi ishtiroki ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda navbatdagi qadamlardan biri bo‘ldi.