English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga vizasiz kirish tizimi bo‘yicha kelgan birinchi Xitoy fuqarosi kutib olindi
10:20 / 2020-01-04

Urumchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan aviareysda XXR dan vizasiz kirish tizimi bo‘yicha kelgan ilk mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari tomonidan kutib olindi.

Urumchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan aviareysda XXR dan vizasiz kirish tizimi bo‘yicha kelgan ilk mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari tomonidan kutib olindi. 

Qizig‘i shundaki, O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan vizasiz o‘tgan birinchi Xitoy fuqarosi Li Ji Lin O‘zbekistonga investitsiya kiritish maqsadida yurtimizni yaqindan o‘rganish uchun tashrif buyurgan ekan.

“So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda katta o‘zgarishlar bo‘layotganini eshitib, mamlakatingizga biznes turizmi bo‘yicha tashrif buyurdim, lekin bu darajada chiroyli kutib olishlarini kutmagan edim. O‘zbekiston haqida hozircha yetarlicha bilimga ega emasman, lekin tashrifim davomida ko‘p narsalarni bilib olishga umid qilaman. XXR fuqarolari uchun mamlakatingizga vizasiz kirish tizimining yo‘lga qo‘yilishi xitoyliklarga juda katta imkoniyatlar yaratadi. Shaxsan men Xitoyning Shandun provinsiyasidagi katta kompaniya direktoriman. Shu sababli mamlakatingizni o‘rganib, unga katta investitsiya kiritishni rejalashtirmoqdaman. Mamlakatingizda vizasiz kirish tizimining tatbiq qilingani, albatta, yaxshi yangilik bo‘ldi. O‘ylaymanki, bundan keyin O‘zbekistonga keladigan xitoyliklar soni ortib boradi”, deydi Li Ji Lin.

Turizimni Rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabarida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 12 sentyabrdagi 5819-sonli Farmoniga asosan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari uchun 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoni yaratilgan edi.