Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonga 2019 yil besh oyida 1,3 million turist tashrif buyurdi
14:30 / 2019-06-11

Turistlar soni o‘tgan yilga nisbatan birinchi chorakda 42 foizga o‘sdi.


Turistlar soni o‘tgan yilga nisbatan birinchi chorakda 42 foizga o‘sdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov investitsiya, turizm va eksport bo‘yicha ma’lumot berdi. 

“Besh oy davomida mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el sarmoyalarni olib kelishga qaratildi. Investitsiyalar bo‘yicha umumiy qiymati 500,2 milliard so‘mlik bo‘lgan 244ta loyiha ishlab chiqilgan”, dedi I.Ne’matov. 

I.Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda umumiy qiymati 1,2 milliard so‘mlik 163ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

TIV vakili ta’kidlashicha, turistlar soni o‘tgan yilga nisbatan birinchi chorakda 42 foizga o‘sdi. Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 1,3 million turist O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi bor davlatlarga eksport 30,6 foiz o‘sdi va umumiy qiymati 3 milliard 504 million so‘mni tashkil qildi”, dedi I.Ne’matov.