Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistonga 1 milliard 600 million dollar sarmoya keladi
17:28 / 2020-01-19

Jahon iqtisodiyotida yuqori mavqega ega boʻlgan “Mubadala” (Birlashgan Arab Amirliklari) investitsiya xoldingi va mazkur tuzilmaning boʻlinmasi “Masdar” kompaniyasi mamlakatimiz energetika sektoriga yirik miqdorda sarmoya kiritmoqda.


Jahon iqtisodiyotida yuqori mavqega ega boʻlgan “Mubadala” (Birlashgan Arab Amirliklari) investitsiya xoldingi va mazkur tuzilmaning boʻlinmasi “Masdar” kompaniyasi mamlakatimiz energetika sektoriga yirik miqdorda sarmoya kiritmoqda.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida manfaatdor tomonlar tegishli hujjatlarni imzoladi.

Kelishuvga koʻra, “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatida 400 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi barpo etish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihani amalga oshiradi. Mazkur xorijiy korxona elektrostansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda loyihada koʻzda tutilgan toʻliq muddat, yaʼni 25 yil mobaynida ekspluatatsiyani amalga oshirish majburiyatini oladi.

Rejalashtirilgan ishlar uchun amirlik kompaniyasi 600 million dollardan ziyod sarmoya kiritadi.

Elektrostansiya qurilishi 2020-yilning toʻrtinchi choragida boshlanib, 2021-yil oxirigacha ishga tushiriladi.

Ikkinchi bitim vazirlik bilan “Mubadala” investitsiya kompaniyasi oʻrtasida imzolandi. Unga koʻra, “Tolimarjon IES” AJ ixtiyoridagi mavjud elektrobloklarni xususiylashtirish va yangilarini qurish boʻyicha loyiha amalga oshiriladi. Mamlakatimizdagi eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri boʻlgan mazkur obyektni yanada rivojlantirish, hududda yangi elektrostansiyalar bunyod etish uchun BAA investitsiyaviy xoldingi tomonidan 1 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb etish koʻzda tutilgan.