Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondagi norma ijodkorligi yoxud baholanishga muhtoj bo‘lgan qonunlar
09:49 / 2019-11-11

QONUNLARNING BAHOLANIShI NIMA UChUN MUHIM?!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 avgustdagi
PF¬5505-son Farmoniga muvofiq qonun hujjatlarini tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’sirini baholash uchun yaxlit ilmiy, nazariy va uslubiy metodologiyani ishlab chiqish, 2019 yil 2 noyabrdagi PQ-4505-son Qaroriga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazish tizimini joriy etish nazarda tutilgan.

Qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash – bu vakolatli organlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl etuvchi va qo‘shimcha cheklovlar, talablar va majburiyatlarni amalga kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini metodika asosida baholashdir.

Bugungi kunda ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 2 dekabrdagi 328-son qaroriga muvofiq, raqobatga ta’sirini baholash esa Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 19 martdagi 01-11/01-05-son qarori bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash Metodikasi asosida tartibga solinadi.

QONUNLARNING BAHOLANIShI NIMA UChUN MUHIM?!

Mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ma’lum darajada o‘tgan yillarda shakllangan qonunchilik bazasiga, shuningdek, norma ijodkorligi jarayoni sifatiga bog‘liq. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 20 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatdan iborat bo‘lib, har yili o‘rtacha 1 mingga yaqin hujjat qabul qilinadi[1].

Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining tartibga solish samaradorligi o‘z navbatida norma ijodkorligi faoliyatini sifatli amalga oshirilishiga uzviy bog‘liq. Demak, qonun hujjatlarining tartibga solish samaradorligini oshirish uchun normalar vakolatli organ tomonidan baholanishi, yakuniy xulosa majburiy tusga ega bo‘lishini maxsus qonun hujjati bilan belgilab qo‘yilishi zarurdir. Buning uchun esa xorijiy mamlakatlarda maxsus qonunlar asosida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash tizimini respublikamizda ham joriy etish lozim.

Qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashning dolzarbligi quyidagi muammolar mavjudligi bilan asoslaniladi:

umumiy tusga ega bo‘lgan qonunlarning ko‘pligi, masalan 2014 yil 25 sentyabrdagi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” gi Qonunning 12-moddasida nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berish umumiy tartibda belgilangan bo‘lib, amaliyotda bunday imtiyozlar qo‘llanilmasligi;

qonunlarda ortiqcha tartibga solishga olib keluvchi havolaki normalar hajmining ko‘pligi, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishi, masalan 2013 yil 27 dekabrdagi “Ekologik nazorat to‘g‘risida” gi 27-moddadan iborat Qonunda o‘ndan ziyod havolaki normalar keltirilgan bo‘lib, bu soha asosan qonunosti normalar bilan tartibga solinishi;

qonun hujjatlarining amal qilish muddatlari qisqarganligi, ya’ni ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganiga bir-ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilayotgani hamda amaldagi qonun hujjatining bekor bo‘lish holatlarining ko‘payganligi, masalan 2018 yil 9 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilinganiga bir yil o‘tib, Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi joriy yilning 17 iyulida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga regulation.gov.uzga joylashtirilgan;

- qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlamaslik holatlari, ya’ni huquqiy normaning ijro etish mexanizmlari yaratilmaganligi, masalan 2018 yil 12 apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi jamoatchilik ekspertizasi to‘g‘risida bo‘lib, bunday ekspertizani o‘tkazish tartibi va usullari berilmagan.

Norma i
jodkorligida mavjud bo‘lgan kamchiliklar turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tarqoq holda tartibga solish salbiy amaliyotining davom etishiga olib kelmoqda, bu esa huquqiy kolliziyalar, huquqni qo‘llashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

DUNYo TAJRIBASIGA KO‘RA...

Xorij tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, aksariyat mamlakatlarda qonun hujjatlari ta’sirini baholash vakolatli organlar tomonidan turli metodlar asosida amalga oshiriladi. Xususan:

Buyuk Britaniyada qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi 1998 yildan boshlab to‘laqonli joriy etila boshlandi. Hozirgi kunda qonun hujjatlari ta’sirini baholash sifatini ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat ijro etuvchi hokimiyat tarkibiga kiruvchi vakolatli organ Qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash qo‘mitasi (Regulatory Impact Unit, RIU) zimmasiga yuklatilgan. Mazkur tuzilma malakali mutaxassislardan tarkib topgan bo‘lib, sohaviy malaka xususiyatlariga ko‘ra turli ixtisoslashtirilgan tematik bo‘limlar (masalan, ijtimoiy, iqtisodiy, xususiy sektor va hokazo)dan iborat. Tartibga solish ta’sirini baholash qo‘mitasi xodimlari va boshqa tashkilot vakillaridan tashkil topgan Sifat bo‘yicha qo‘mita (Quality Committee, QC) har chorakda ixtiyoriy tanlov asosida tekshiruvlar o‘tkazadi. Bundan tashqari, RIU qonun hujjatlarining amaldagi tartibga solish samaradorligini tahlil qilib, tartibga solish sifatini oshirish bo‘yicha hukumat rejasi (Governmentʼs Regulatory Reform Action Plan) ijrosini ta’minlagan holda ushbu tizimning keng ko‘lamli islohotlari bilan shug‘ullanadi. 2012 yildan Qo‘mita mandati kengaytirildi, ya’ni konsultativ nodavlat muassasa maqomiga ega bo‘ldi. Buyuk Britaniyada joriy qilingan mazkur tizimning o‘ziga xos yangilik xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, har yili Milliy audit xizmati (mustaqil tashkilot) tomonidan qonun hujjatlari ta’sirini baholash jarayonlari tekshiriladi, mavjud kamchiliklar aniqlanadi va tizimni rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar kiritiladi.

Ingliz huquqida “method ofex post” orqali baholash tizimli xatolarni aniqlashga yordam beradi va shu orqali tahlil metodologiyasi takomillashtiriladi. “ex post” metodi qonun hujjatlari ta’sirini tizimli baholashda qo‘llaniladi. Post-Legislative Scrutiny qabul qilingan qonun hujjatlarining amaliyotda qanday ishlayotganligini o‘rganishni nazarda tutadi. Mazkur funksiya Parlament Vakillar palatasi qo‘mitalari tomonidan amalga oshiriladi. “ex post” metodi tahlili to‘g‘risidagi hisobot chop etilishi va parlamentga taqdim etilishi shart.Post-implementation review - amaldagi qonunosti hujjatlari ta’sirining tizimli tahlilidir.Post-implementation review ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va kelishish uchun RIU ga taqdim etiladi.

Niderlandiyada qonun hujjatlarining biznesga ta’sirini baholashning “business effects analysis” metodi joriy etilgan bo‘lib, bu metod asosida qonun hujjatlari loyihalarining biznesga ta’sirining samaradorligi baholanadi. Baholash natijalari to‘g‘risidagi xulosa hukumat huzurida faoliyat yuritadigan ekspert kengash tomonidan beriladi. Mazkur xulosaga muvofiq loyihadagi biznes samaradorligini pasayishiga sabab bo‘luvchi normalar ishlab chiquvchi organ tomonidan tahrir qilinadi.

Chexiyada 2007 yilda “Qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, Moliya vazirligi huzurida qonun hujjatlari ta’sirini baholovchi departament faoliyat yuritadi. Departament iqtisodiyotga ko‘rsatiladigan moliyaviy ta’sir “cost benefit analysis” - “foyda-xarajat” tahlili“costeffectiveness analysis” - “xarajat-samaradorlik” tahlili metodlari asosida baholanadi. Baholash yakunida qonun hujjati loyihasiga xulosa beriladi. Mazkur xulosa loyihani ishlab chiqqan organ tomonidan ko‘rib chiqilib samaradorlik darajasiga aks ta’sir qiluvchi normalar tahrir qilinadi. Qonun hujjati loyihasi tahrir qilganligi to‘g‘risida loyiha tasdiqlashga kiritiladigan organga bu haqda hisobot taqdim qilinadi.

Germaniyada 2006 yilda normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholovchi Milliy Kengash (NKR, Nationaler Normenkontrollrat) tuzilgan. Milliy Kengash normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun “xarajatlarning standart modeli”ni taklif etadi. Ko‘rib chiq
atli organ tomonidan mazkur uslubiyot asosida baholashni amalga oshirish uchun quyidagi tavsiyalar ilgari suriladi:

- qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashning institutsional tuzilmasini tashkil qilgan holda, uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini, vazifa va funksiyalarini belgilash;

-amaldagi qonun hujjatlarini har uch yilda xatlovdan o‘tkazgan holda vakolatli organ tashabbusiga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga, jamoatchilik nazorati sub’ektlarining taklif va tavsiyalariga, ommaviy axborot vositalari orqali o‘rganilgan yoki chop etilgan boshqa materiallarni o‘rganib chiqish natijalariga asoslanish;

- qonun hujjatlari loyihalarini ularni qabul qiluvchi organlarga kiritishda majburiy tartibda loyihalar yuzasidan tartibga solish ta’siri baholanganligi to‘g‘risidagi xulosa ilova qilishni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish.

Mamlakatimiz norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyotini maxsus normativ-huquqiy hujjat bilan joriy qilish maqsadga muvofiqdir.


D. Anvarova,

Adliya vazirligi huzuridagi

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas’ul xodimi
ilgan qonun hujjatlarini qaytarish vakolatiga ham ega hisoblanadi. Milliy Kengash keng ko‘lamli qonun hujjatlari — yangi federal qonunlar loyihalarini, amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari, qonunosti hujjatlari va ma’muriy reglamentlar loyihalarini, tegishli qonunosti hujjatlari va ma’muriy reglamentlarga aloqador qonunchilikni amalda qo‘llash, amaldagi federal qonunlar, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan huquqiy yo‘riqnoma va ma’muriy reglamentlarni baholash bilan shug‘ullanadi.

Fransiyada normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash “ex ante”, “ex post” metodlari asosida amalga oshiriladi. Bunda hukumat tarkibida faoliyat yurituvchi qonun hujjatlari ta’sirini baholovchi departament tomonidan “ex ante” metodi asosida qonun hujjatlari loyihalari tahlil qilinadi, so‘rovlar o‘tkazilib prognozlash orqali ularning amalga kiritilishi, ya’ni huquqiy tartibga solish oqibatida biznes faoliyatida hamda ma’muriy organlar faoliyatida yuzaga keladigan xarajatlar baholanib xulosa qonun loyihasini kiritgan sub’ektga taqdim etiladi. Baholash xulosasi olingandan keyin qonun loyihalari parlament muhokamasiga taqdim etiladi.

Finlyandiyada 2006 yilda “Qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash to‘g‘risida” gi hukumat qarori qabul qilingan.Qonun hujjatlarining davlat byudjeti, iqtisodiyot, ijtimoiy va mehnat resurslari, atrof-muhit, jamiyat va sog‘likni saqlash, hududlar rivojlanishi va gender tengligi kabilarga tartibga solish ta’sirini baholashda “partial analysis” metodidan foydalaniladi. Qonun hujjatlarining byudjetga, iqtisodiyotga, atrof-muhit, jamiyat, sog‘liqni saqlash sohalariga ta’sirini baholashga qaratilgan alohida huquqiy mexanizmlari mavjud. Bu mexanizmlar biri-birlari bilan bog‘liq emas, chunki tartib-taomillar har-xil vazirliklar tomonidan amalga oshiriladi.

Biz tahlil qilgan Yevropa mamlakatlarida vakolatli organlar taqdim qiladigan qonun hujjatlari loyihalari ta’sirini baholash va fuqarolarning jamoaviy murojaatlari asosida amaldagi qonun hujjatlari ta’sirini baholashdan iborat jarayonlar joriy etilgan. Mazkur boshlang‘ich bo‘linish baholash vositasini qo‘llashni osonlashtirish maqsadlariga ham xizmat qiladi. Ikki bosqichli yondashuv kelgusida baholash predmetiga aylanishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan dastlabki baholashni o‘tkazishni nazarda tutadi. Shu tariqa qonunchilikka takliflar saralanib, ularning aksariyatidan voz kechiladi. To‘liq baholash faqat dastlabki bosqichda o‘rnatilgan talab va me’yorlarga muvofiq saralab olingan qonunchilik takliflariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur boshlang‘ich qiymat natijalar bilan bog‘liq xarajat va foydalarning pul birligidagi ifodasida belgilanishi mumkin yoki raqobatga ko‘rsatadigan ta’sir darajasi, bozorning ochiqligi, bandlik, ishlab chiqarish salohiyati, innovatsiyalar, sarmoyalar, shuningdek joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjat ta’siri doirasidagi fuqarolar soniga qarab aniqlanadi. Ayrim hollarda, normativ-huquqiy hujjatning xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida to‘liq baholash o‘tkazish istisno etilishi mumkin.

Xulosa o‘rnida....

Mamlakatimiz norma ijodkorligidagi mavjud holatlar, normativ-huquqiy hujjatlar sonining tobora ortayotganligi, amaldagi hamda qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining iqtisodiyotga, tadbirkorlik faoliyatiga, investitsiyalarni jalb etishga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’sirini baholash uslubiyotini yaratish zaruriyati mavjudligini ko‘rsatadi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, respublikamiz norma ijodkorligida “Qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti”ni joriy etishni taklif qilamiz. Mazkur Uslubiyotni amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashda qo‘llash mumkin. Baholash tadbirkorlik faoliyati hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bevosita yoki bilvosita cheklashi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish hamda tegishli choralar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash Uslubiyotini joriy qilish hamda vakol