Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oʻzbekistondagi islohotlar xorijiy axborot vositalari nigohida
13:21 / 2020-06-20

Hozirgi global pandemiya davrida hukumatimiz tomonidan koʻplab sohalar qatori xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish tizimida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda.


Hozirgi global pandemiya davrida hukumatimiz tomonidan koʻplab sohalar qatori xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish tizimida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilayotgan bu tashabbuslar oʻz navbatida xalqaro ekspertlar tomonidan eʼtirof etilib, xorijiy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Xususan, yaqinda Pokistonning “Islamabad Daily Post” nashrida “Xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida 100 million dollardan ortiq kredit mablagʻlari yoʻnaltirildi” mavzusida maqola eʼlon qilindi.

Maqolada joriy yilning 16-iyun kuni mamlakatmiz rahbari boshchiligida xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilish tafsilotlari bayon etilgan.

Xususan, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish sohasi aholi bandligini taʼminlashda eng katta zaxiralardan biri hisoblanadi. Mamlakatda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 foizni tashkil etadi. Xalqaro mehnat tashkiloti tahlillariga koʻra, servis industriyasining 1 foizga oʻsishi kambagʻallar sonini 1,5 foizga qisqartiradi. Yigʻilish doirasida mutasaddi vakillarga hududlar kesimida xizmatlar dasturini ishlab chiqarish, tarmoqni tartibga solish, undagi metodologiya va statistika maʼlumotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish vazifalari topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmat koʻrsatish loyihalari uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million dollar yoki 1 trillion soʻmdan ziyod kredit resurslari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi” deyiladi maqolada.

Rossiyaning “Krasnaya vesna” axborot agentligining mavzu yuzasidan tarqatgan xabarida esa videoselektor yigʻilishida banklar tomonidan tadbirkorlarga belgilangan miqdorda kreditlar ajratish, xususan kreditlarni maʼlum qismini ayollar va yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish vazifalari belgilanganligi aytilgan. Shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotidagi “Har bir oila tadbirkor” dasturi imkoniyatlari alohida eʼtirof etilgan.

Shuningdek, “SNG Today” tarmoq nashrida “Oʻzbekistonda ichki turizmning yangi yoʻnalishlari ochiladi” sarlavhasi bilan berilgan maqolada Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish doirasidagi loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 200 mingdan ortiq yangi ish oʻrnini yaratilishi, umumiy ovqatlanish, transport, chakana savdo tarmoqlarida aholi bandligini taʼminlanishi mamlakatda ichki turizmni qayta tiklanishida ahamiyatli ekanligi qayd etilgan.

Pandemiya davrida xizmat koʻrsatish va ichki turizmni rivojlantirish tizimida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shuningdek, “Zerno onlayn”, “Yandex.ru”, “CA News” va boshqa qator axborot tarmoqlarida yoritilgan.